We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Kuala-Lumpurga aviachiptalarni tariflardan 20% gacha chegirma bilan xarid qilishga shoshiling

Share on social media

22-iyundan boshlab yo‘lovchilarimiz Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 23-iyundan 15-avgustga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar aviachiptalarini tariflardan 20% gacha chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 20% gacha chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.

Aksiyasining batafsil shartlari:

1.    Sotuv muddati 2024-yil 22-iyundan 2024-yil 15-avgustgacha;
2.    Parvoz davri: 23.06.24 dan 15.08.24 gacha
3.    Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
•    kattalar uchun tarifdan – 20% gacha;
•    2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20% gacha;
•    chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi; 
4.    Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi; 
5.    Chegirma bilan sotib olingan aviachiptalar qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda chegirma qo‘llash faqatgina 23.06.24 dan 15.08.24 dagi davrda amalga oshiriladigan aviaqatnovlargagina amal qiladi. 
6.    Chegirma davriga to‘g‘ri kelmaydigan aviaqatnovlarga xarid qilingan lekin to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;  
7.    23.06.2024 dan 15.08.2024 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladigan aviaqatnovlar aviachiptalari qayta rasmiylashtirilganda/ qayta bronlashtirilganda, chegirmadan foydalanmasdan rasmiylashtirilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalarga (21.06.2024 yilgacha) tarifga chegirma qo‘llanilmaydi. Mustasno “Yorqin Payshanba” aksiyasi.   
8.    Chegirma faqat belgilangan davrda amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
9.    Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi.
10.    Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan/ga Kuala-Lumpurga va ortga qaytuvchi aviaqatnovlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi. 

Download PDF