«Omikron» shtammining paydo bo‘lishi munosabati bilan, Germaniya hukumati amaldagi qoidalarga yangilarini kiritdi:
Germaniyaga kelayotgan 6 va undan yoshi katta yo‘lovchilar parvozga chiqishdan oldin Covid-19 testining salbiy natijasini, kasallikdan tuzalganligini tasdiqlovchi hujjat yoki Johnson&Johnson, Moderna, AstraZeneca, Pfizer vaksinalari bilan emlanganlik sertifikatini taqdim etishlari kerak.
Antigen testi Germaniyaga kirishdan 48 soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda, PZR-testi esa parvozdan 48 soat oldin oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Germaniya O‘zbekistonni «boshqa hududlar» ro’yxatiga kiritganligi sababli www.einreiseanmeldung.de saytida raqamli shaklni to‘ldirish va karantinda boʻlish talab etilmaydi.
Qoidalarni buzganlik uchun 25 000 yevrogacha jarima solinishi mumkin.
Telegram: t.me/uzbekistanairways