Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Minsk Milliy aeroportida sodir boʻlgan voqea haqida rasmiy ma’lumot

2022 17 Yanvar
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati xabar berishicha, bugun, 17-yanvar kuni Toshkent-Minsk yo’nalishidagi HY-709 reysini amalga oshirgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Airbus A-320 havo kemasi kuchli qor yogʻishi va qor boʻroni vaqtida 13.35 (Toshkent vaqti bilan) Minsk Milliy aeroportiga muvaffaqiyatli qoʻndi. Biroq, havo kemasi boshqaruv vaqtida uchish-qoʻnish yoʻlagidan tashqariga chiqib ketdi. Favqulodda vaziyat vaqtida havo kemasi sahnida 11 nafar ekipaj a'zolari va 115 yoʻlovchi boʻlib, ular orasida zarar koʻrganlar yoʻq. Hodisa natijasida havo kemasi zarar koʻrmagan.

Minsk milliy aeroporti mutaxassislari xabar berishicha, voqea joyida avariya-qutqaruv xizmatlari ishlamoqda.

“Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati OAV vakillaridan mazkur voqea haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni soʻraydi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling