Uzbekistan Airways jamoasi urush faxriylarini, tinchlik yo‘lida xizmat qilayotgan barcha insonlarni hamda yurtdoshlarimizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabriklaydi.
Yoshi ulug‘larimiz hamisha sog‘-salomat va el ardog‘ida bo‘lishlarini tilab qolamiz. Butun dunyoda tinchlik va barqarorlik hukmron bo‘lsin. Vatanimiz O‘zbekiston kundan-kunga rivojlanib va yanada go‘zallashib boraversin.
Tinchlik – bu ulug‘ ne’mat, buni esdan chiqarmaylik.