2022-yil 17-may kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida “Tashkent Travel Mart 2022” B2B formatidagi xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xorijiy va mahalliy turoperatorlar, mehmonxona, bank va sug‘urta kompaniyalari qatnashdilar. Yirik tashkilotlar bilan bir qatorda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ham ushbu tadbirda ishtirok etdi. O‘zaro fikr almashish, yangi ochilgan yo‘nalishlar, shuningdek, savol-javob formatida muhokamalar – Uzbekistan Airways aviakompaniyasining ko‘rgazmali kuni ana shunday tarzda o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi, ACTED va Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.
Tadbir davomida hukumat tomonidan O‘zbekistonda turizmni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va hududlarning turistik salohiyatini, shuningdek, uning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish haqida ta’kidlandi.