Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways’dan yangi videoloyiha

2022 30 Iyun
1
Ulashing

Bugungi kunda aviakompaniyada murakkab vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan xodimlar bu – oddiy insonlardir. Hozirda Uzbekistan Airways’da 2 113 xodim faoliyat yuritadi, ularning har biri aviakompaniyada jarayonlar to‘xtab qolmasligini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashdan ibora. Uzbekistan Airways’ning har bir xodimi o‘z hayot hikoyasiga ega bo‘lib, yosh mutaxassislarni ilhomlantirib kelmoqda.

Uzbekistan Airways “Insonlar” videoloyihasini ishga tushirmoqda. Loyiha markazida albatta – inson. “Insonlar” tashabbusi har kuni aviakompaniya faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi, uni rivojlantiruvchi va aviatsiyani sevgan odamlar bilan video intervyular demak. Loyihaning asosiy maqsadi Uzbekistan Airways’ning katta oila ekanligini ko‘rsatish.  

Ilk videoda biz aviakompaniya tarixida birinchi ayol uchuvchi boʻlgan Gulnur Belikning hikoyasini eshitamiz. Qisqa video intervyuda qaxramonimiz bu kasbni qanday va nega tanlaganini aytib berdi.

“Fuqaro aviatsiyasi vazirini uning uyi yonida poylab turib, qizlar uchuvchilar maktabiga albatta kirishi kerakligiga inontirganmiz”, – deb eslaydi Gulnur. Gulnur uchuvchi bo‘lganida An-2, An-24, Tu-154, Airbus 310 va Airbus 300 havo kemalarini boshqargan. Uning aviakompaniyadagi hikoyasi uchuvchilik bilan tugamaydi. Hozirda Gulnur mas’uliyatli ish – havo kemasining qora qutisini shifrlash bilan shug‘ullanadi.

Insonlar – aviakompaniyaning asosiy boyligi, chunki ular ish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydilar va yo‘lovchilarimizga xavfsiz, qulay parvozni amalga oshirishda yordam beradilar. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi har bir xodimni qadrlaydi va aviakompaniyaga foyda keltiradigan yosh mutaxassislarni o‘z jamoasiga qabul qilishga tayyorligini eslatadi.

PDF-ni yuklab oling