Joriy yilning bahorida Uzbekistan Airways nafaqat aviakompaniya xodimlari, balki yo‘lovchilarimizning ham kundalik hayoti haqida so‘zlab beruvchi serial loyihasini ishga tushirdi. Biz mini-serialda ishtirok etishni istagan har bir kishi uchun kastingni o‘tkazdik. Kastingda 500 dan ortiq obunachilarimiz ishtirok etdi, ulardan bir nechtasi finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi va bizning serialni suratga olishda ishtirok etdi.
Biz tayyorlagan ijtimoiy roliklar bizni va yo‘lovchilarimizni xavotirga soladigan turli vaziyatlarni «tashqi tomondan» ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Shunday ekan, keling, aeroportda sodir bo‘layotgan vaziyatlardan birini boshqa tomondan ko‘rib chiqamiz va nima bo‘lganini to‘g‘ri baholaymiz.
Sizga shunday holat tanishmi?