Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Konstitutsiya - meniki, seniki, bizniki

2023 6 Aprel
1
Ulashing

5 aprel kuni bo‘lajak referendumga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Transport vazirligi, san’at va teatr vakillari, tadbirkorlar, “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati va uning barcha tarkibiy bo‘linmalari, aviatsiya tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

“Uzbekistan Airways Technics” MChJ hududida bo‘lib o‘tgan tadbirda xonandalar, tadbirkorlar, san’at soxasi vakillari yurtimizda referendumga katta e’tibor berilayotgani va bu mamlakatimiz kelajagi uchun juda muhim tadbir ekanligini yana bir bor eslatib o‘tdilar. So‘zga chiqqanlar bugungi kunda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani va o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan, san’at, tadbirkorlik, sport, axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratilganini ta’kidladilar.  

San’atkorlarning chiqishlari tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishlab, ishtirokchilarga ijobiy va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

PDF-ni yuklab oling