Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Orzular qanotida

2023 29 Iyul
1
Ulashing

Uzbekistan Airways besh yil davomida og’ir kasallik bilan kurashayotgan 14 yoshli samarqandlik Ahtamjonning orzusini amalga oshirdi.

Ahtamjon xavfli o‘smani olib tashlash uchun ikki marta operatsiyani boshdan kechirgan. Xastalik 2018-yilda aniqlangan edi, saraton kasalligi 9 yoshli bolaning yelkasiga ogʻir yukdek boʻlib tushdi. Birinchi operatsiya Ahtamjonning azob-uqubatlarini vaqtincha yengillashtirdi. 2023-yilda esa retsidiv, ya’ni, qaytalanish yuz berdi va bola yana bir bor jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ldi. 

Ahtamjon uchun dunyo ko‘ziga qorong‘u ko‘rinib, uning tuzalishga umidi so‘na boshlaganida, hayotida yozuvchi va “Sen kuchlisan” loyihasining asoschisi Marjona Nurmuhamedova paydo bo‘ldi.

“Men ushbu loyihani saraton markazi bolalarining orzularidan ilhomlanib yaratdim. Ularga moliyaviy va ma‘naviy yordam ko‘rsatishga harakat qilaman. Masalan, sotilgan kitoblarim pullarini bolalar shifoxonalariga topshiraman”, - deydi Marjona.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Sen kuchlisan” bolalar orzularini maqsadga aylantiradi. Axtamjon loyihaning birinchi qahramoniga aylandi. Katta havo kemalarda uchish orzusi uni sog‘ayish sari qiyin yo‘ldan o‘tkazishga yordam bergan ekan. Bu haqida bilib qolgan Marjona Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali koʻmagida Uzbekistan Airwaysga murojaat qildi va aviakompaniya Boeing 787 Dreamliner havo kemasida ekskursiya tashkil etib, uning tashabbusini rag‘batlantirdi.

Ahtamjon uchuvchilar formasini kiyib ko‘rdi, ularning kabinasi bilan tanishib kasbning nozik jihatlari haqida suhbatlashdi. Uning ko‘zlari minnatdorchilikka to‘lib-toshgan edi, tabassumi esa hammani, ayniqsa, onasining qalbini yoritdi. O‘g‘li boshiga furajkani kiyganda ona baxtdan ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Ta’sirli lahza ularni kasallikni unutishga va fursatdan zavqlanishga yordam berdi.

Uzbekistan Airways bolakayning orzusini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etganidan faxrlanadi. Qahramonimiz sinovlardan o‘tib, yashashda davom etishiga va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilishiga ishonamiz.

PDF-ni yuklab oling