Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Navbatdagi Airbus A320neo Uzbekistan Airways parkini to‘ldirdi

2023 29 Avgust
Ulashing

Samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

O‘rta masofaga parvoz qilish uchun mo‘ljallangan avialayner uzoq muddatli lizing asosida China Aircraft Leasing Group Holdings Limited (CALC) kompaniyasidan sotib olingan. 168 oʻringa moʻljallangan Airbus A320neo Kuala-Lumpurdan Toshkentga Uzbekistan Airways’ning anʼanaviy livreyasida yetib keldi. Havo kemasi milliy aviatashuvchi va CALC lizing kompaniyasi o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishi hisoblanadi.

Foto1

Bugungi kunga kelib, Airbus A320neo turdagi havo kemalari o‘rta masofali laynerlar orasida eng mashhur va yaxshilaridan biri hisoblanadi hamda xavfsizlik va tejamkorlikning eng yuqori darajasini taqdim etadi. Ta’kidlash joizki, oldingi avlod avialaynerlariga nisbatan karbonad angidrid chiqarish darajasi 50% ga kamaytirilganligi tufayli samolyot raqobatchilari orasida eng ekologik toza sanaladi.

Foto2

“Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga ilk A320neo samolyotini Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi hamkorimiz sifatida taqdim etishdan mamnunmiz.  Uzbekistan Airways’ning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi tufayli CALC O‘zbekiston Respublikasi milliy aviatashuvchisi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, Osiyo mintaqasida yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Dunyo miqyosidagi tutgan o‘rnimiz va havo kemalarimiz ko‘pligi bilan biz mintaqada faol tarzda aviatsiya texnikalarni yetkazib beruvchi sifatida kelgusi yillarda o‘sish yo‘limizni davom ettirish uchun yangi imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz” – deya ta’kidlab o‘tdi CALC Bosh ijrochi direktori Mayk Pun.

Foto3

“Bu yangi hamkorimiz CALC kompaniyasidan xarid qilingan Uzbekistan Airways’ning o‘rta masofali yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimini oshirishga yordam beradigan ilk havo kemasidir. Bugungi kunda aviakompaniya Airbus A320 oilasiga kiruvchi 19 ta samolyotdan muvaffaqiyatli ravishda foydalanib kelmoqda va yaqin kelajakda biz parkni ushbu turdagi yana ikkita avialayner bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqdamiz. 2023-yil davomida Uzbekistan Airways o‘zining samolyotlar parkini beshta Airbus A320neo va ikkita LET L-410 havo kemalari bilan kengaytiradi” – dedi Shuxrat Xudaykulov, “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi. 

 

Aviakompaniya yangi havo kemasidan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridan amalga oshiriladigan aviaqatnovlarida foydalanishni rejalashtirmoqda.

CALC kompaniyasi haqida

China Aircraft Leasing Group Holdings Limited (CALC). CALC samolyotlarning operativ lizingi, ularni sotib olish va qayta lizingga berish hamda tizimli moliyalash, shuningdek, parkni rejalashtirish, uni yangilash, havo kemalarni demontaj qilish va ehtiyot qismlarni sotishdek qo‘shimcha qiymat xizmatlari kabi an’anaviy vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Uzbekistan Airways avialaynerini tantanali kutib olish haqida:

Bugungi kunda aviakompaniya 30 ta Boeing va Airbus samolyotlarini, shuningdek, mintaqaviy LET L410 va Pilatus PC-24 biznes-jetini ekspluatatsiya qilib kelmoqda. Uzbekistan Airways aviaparki kengaygani sari uchuvchilar va bort kuzatuvchilarni faol ravishda o‘qitish jarayoni ham jadal olib borilmoqda. Toshkentga yetib kelgan Airbus A320neo samolyotini aviakompaniya rahbariyati, xodimlar, shuningdek, taklif etilgan OAV vakillari va aviaspotterlar kutib olishdi.

 

PDF-ni yuklab oling