4-noyabr kuni Uzbekistan Airways Toshkentdan Anqaraga birinchi muntazam aviaqatnovni amalga oshirdi. Ilk aviaqatnov aviatsiya an’analariga ko‘ra suv arkasi bilan kutib olindi. Tadbirda Anqara aeroporti, Turkiya aviatsiya xizmati xodimlari, Uzbekistan Airways rahbariyati, O‘zbekiston hamda Turkiya OAV vakillari ishtirok etishdi. Ilk aviaqatnovda 150 nafar yo'lovchi Anqaraga parvoz qildi.
Turkiya Uzbekistan Airways yo‘lovchilari orasida eng mashhur yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Uzbekistan Airways 4-noyabrdan boshlab aviakompaniya tarixida birinchi marta Turkiya Respublikasi poytaxti – Anqara shahriga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshira boshladi. Kichik Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri mukammal infratuzilma, hamyonbop turar joylar, keng jamoatchilikka uncha ma’lum bo’lmagan joylarga tashrif buyurish va turk hayotining haqiqiy muhitini his qilish imkoniyatini taqdim etadi. Agar Istanbul Turkiyaning qalbi bo‘lsa, uning yuragi aniq Anqaradir.
Toshkent – Anqara – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar har hafta, shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish Toshkent vaqti bilan soat 06:15 da;
- Anqaraga yetib kelish Anqara vaqti bilan soat 09:15 da;
- Anqaradan jo‘nab ketish Anqara vaqti bilan soat 10:45 da;
- Toshkentga yetib kelish Toshkent vaqti bilan soat 16:50 da.
Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va Fargʻonadan Istanbulga ham hozirgi kunda muntazam reyslar amalga oshirilib kelinmoqda.
Turkiyaga bo‘lgan parvozlar jadvali bilan tanishib, aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com saytidan 3% chegirma bilan, mobil ilova orqali, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.
Aviakompaniya 2022-yilda 3,9 milliondan ortiq yo‘lovchini tashidi. Yo‘nalishlar tarmog’i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo'lib qoladi.
Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarni amalga oshiradi hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimiga ega.
Uzbekistan Airways tarkibiga quyidagi kompaniyalar ham kiradi: “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ.