Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Boeing 787 Dreamliner qanotidagi bo‘yoqlarni ko‘chib ketishi

2024 12 Mart
Ulashing

“Boeing” kompaniyasining B787 havo kemalari kompozit qismlaridagi bo‘yoqlarni ko‘chish muammosi birinchi marta sodir bo‘lmayapti. Hozirda Boeing konserni AQSh Aviatsiya ma’muriyatiga Boeing 787 Dreamliner turidagi havo kemalarining qanoti va qanotini harakatlanuvchi qismlarida maxsus yopishtiriladigan “speed tape” lentasidan foydalanishga vaqtincha ruxsat berish iltimosi bilan murojaat qildi. Eslatib o‘tamiz, Boeing 787 Dreamliner havo kemalarining qanoti va fyuzelyaj qismi kompozit materiallardan tayyorlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yuqorida aytib o‘tilgan havo kemasi turining deyarli barcha ekspluatantlari (foydalanuvchilari): All Nippon Airways, Japan Airlines, United airlines, American Airlines, Air New Zealand va boshqalar, iqlim sharoitidan qat’i nazar, shunga o‘xshash muammoga duch kelishgan. Barcha aviatashuvchilar ultrabinafsha nurlar ta’sirida ushbu turdagi havo kemalaridagi bo‘yoq qoplamasini ko‘chishi haqida muntazam ravishda xabar berishadi. Shu bilan birga, bu vaqtinchalik chora hisoblanadi va Boeing konserni ko‘chib ketgan bo‘yoqni tiklash uchun ultrabinafsha nurlanishini to‘suvchi qo‘shimcha ustki qatlamni qo‘shishni rejalashtirmoqda. “Speed tape” lentasi bo‘yoqni keyingi bo‘yoq ko‘chishidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, Boeing kompaniyasi kompozit yuzalarida bo‘yoq qoplamasi muammolariga duch kelayotgan yagona aviatsiya ishlab chiqaruvchi emas.

Ushbu muammo Boeing 787-Dreamliner, yangi avlod havo kemasi, aviatsiya uchun nisbatan yangi materiallardan - taxminan 80% kompozitlardan yaratilganligi bilan bog‘liq. Ultrabinafsha nurlanishni, shuningdek parvoz paytida havo kemasining egiluvchanligini hisobga olgan holda, qo‘llaniladigan bo‘yoq qatlamlari bardosh bera olmaydi va katta bo‘laklar bilan ko‘chib ketadi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyaning tahliliga ko‘ra, bunday bo‘yoq ko‘chishi kosmetik nuqson bo‘lib, parvozning yaroqliligi va havo kemasi parvozlarining xavfsizligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan bir qatorda, “Uzbekistan Airways” AJ Boeing 787 rusumidagi havo kemalari bilan ham xuddi shunday muammoga duch kelmoqda. Ushbu vaziyatda ham vaqtinchalik yechim Boeing konserni tavsiyasiga binoan maxsus yopishtiriladigan “speed tape” lentasidan foydalanish bo‘ladi.

Boeing konserni ustki qatlamni bo‘yoq bilan qoplashni usuli bo‘yicha maxsus amaliyotni ishlab chiqmoqda va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yaqin oylarida barcha kerakli choralarni tugatadi. Muzokaralar natijalariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi kompaniya havo kemalari sirtini bo‘yash va ularni ishlab chiqaruvchi bazasiga parvoz qilish bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Uzbekistan Airways” AJ yaqin kelajakda Boeing 787-Dreamliner rusumidagi uchta havo kemasini bosqichma-bosqich qayta bo‘yashni rejalashtirgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu muammo Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boeing 787-Dreamliner havo kemalarida parvozlar xavfsizligi va qulayligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. 

PDF-ni yuklab oling