Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Silk Avia Toshkentdan Qo‘qonga birinchi aviaqatnovini amalga oshirdi

2024 22 Mart
Ulashing

Bugun, 22-mart kuni Silk Avia aviakompaniyasi Toshkent – Qo‘qon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi aviaqatnovini ATR 72-600 havo kemasida amalga oshirdi.

Foto1

Yaqindagina Silk Avia aviaparkiga kelib qo‘shilgan yangi havo kemasini Qo‘qon shahri aeroportida Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri aholisi va keng jamoatchilik kutib oldi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari vakillari, milliy aviakompaniya rahbariyati, jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Foto2

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov va Transport vaziri Ilhom Maxkamov Prezident va hukumat tomonidan mamlakatning har bir hududini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborni ta’kidladilar. Ular o‘z chiqishlarida so‘nggi yillarda transport va logistika sohasida, ayniqsa fuqaro aviatsiyasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdilar. Manzillarga tezda yetib borish – bu mintaqada ham, mamlakatda ham iqtisodiy rivojlanish va eng muhimi, ichki turizm uchun katta imkoniyatdir.

Foto3

Mehmonlar karnay surnay sadolari ostida aeroport majmuasini tantanali ravishda ochib, shuningdek, ko‘ngilochar dasturi boshlanishiga “start” berdilar. 

Foto3

Uzbekistan Airways guruhiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi Toshkentdan Qo‘qon shahriga birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirib, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi tarixida yangi sahifa ochdi. Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon shahrining yangilangan aeroportiga qo‘nishni ATR 72-600 havo kemasi ekipaji – Sergey Tkach va Semyon Oreshen boshqaruvida amalga oshirdi. Ushbu turdagi havo kemalari yo‘lovchilarni yaqin masofalarga xavfsiz va qulay tashishga imkon beradi. Toshkentdan Qo‘qonga parvoz davomilyligi 35 daqiqani tashkil etdi.

Foto5

Aeroportda uchish-qo‘nish yo‘lagi 2000 metrgacha uzaytirildi va ikkita havo kemasi uchun to‘xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, 100 kishiga mo'ljallangan 900 kvadrat metr maydonli yangi yo‘lovchi terminali qurildi.

Foto7

20-mart kuni Uzbekistan Airways ekipajining A320neo havo kemasida amalga oshirilgan texnik parvozi aerodromning havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishga hamda terminalning yo‘lovchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini ko‘rsatdi. Yaqin kunlarda Toshkent – Qo‘qon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviatashuvlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Foto6

Eslatib oʻtamiz, Qoʻqonga aviaqatnovlar 20 yildan ortiq amalga oshirilmagan va Navroʻz bayrami arafasida Toshkent va Qoʻqon aholisi uchun Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab yana bir sayohat manzili paydo boʻldi.

Foto9

PDF-ni yuklab oling