Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Parvoz rejalashtiryapsizmi? Unda bu post siz uchun

2024 29 May
Ulashing

      Faqatgina ertaga, 30-may kuni “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida e’lon qilingan jadval tugaguniga qadar quyidagi aviaqatnovlarning tariflariga 20% gacha chegirma e’lon qilamiz:  

  • Toshkentdan Anqara, Dubay, Maxachkala, Nijnevartovskka va ortga;
  • Samarqanddan Irkutsk, Nijniy Novgorodga va ortga;
  • Qarshidan Sankt-Peterburgga va ortga;
  • Namangandan Yekaterinburg, Krasnoyarskka va ortga;
  • Farg’onadan Krasnoyarskka va ortga.

Aksiya faqat bir kun, 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Aviachiptalarni www.uzairways.com sayti, mobil ilova, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishga shoshiling.

Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 20% gacha taqdim etilgan chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Aksiya muddati 2024-yil 30-may soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20% gacha;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20% gacha;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 30.05.2024da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Anqara, Dubay Maxachkala, Nijnevartovsk, Samarqanddan Irkutsk, Nijniy Novgorod va orqaga, Qarshidan Sankt-Peterburgga, Namangandan Yekaterinburg, Krasnoyarskka va orqaga, Farg‘onadan Krasnoyarskka va ortga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.

 

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.

Yo‘nalishlar tarmog‘i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarini hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimi bo‘yicha ham parvozlarni amalga oshiradi.

Uzbekistan Airways tarkibiga “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ kabi kompaniyalar ham kiradi. 

PDF-ni yuklab oling