4-7-avgust kunlari Moskva shahrida XXYK Sanoat maydonida O‘zbekiston hamkor mamlakat sifatida ishtirok etayotgan “Sayohat qil!” Xalqaro sayyohlik forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbir Roskongress fondi tomonidan tashkil etilgan. O‘zbekistondan tomonidan tashkilotchilar “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va “Milliy PR-markazi” DUK ishtirok etishmoqda.
Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi bir vaqtning o‘zida ikkita stendni: biznes stend va mamlakatimizning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stendni taqdim etadi.
Tadbirda zamonaviy turizm sanoatining ko‘plab turlari, aynan tarixiy, etnografik, ekstremal, sport, gastronomik, ziyorat turizmi va O‘zbekistonga bugungi kunda nafaqat arzon va qulay bo‘gan, balki juda ommalashgan boshqa ko‘plab sayohat turlari namoyish etiladi. Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Rossiya shaharlaridan amalga oshirilayotgan reyslari soni ham sayyohlarning hayratiga sabab bo‘ladi.
Hech kimga sir emaski, ayni vaqtda O‘zbekiston haqiqiy sayyohlik turizm rivojlanishini boshdan kechirmoqda: bu yil mamlakatga rekord darajadagi rossiyaliklar tashrif buyurdilar. Samarqanddagi Registon maydoni, Xivadagi Ichan-Qal’a majmuasi, Buxoroning Eski shahari, Toshkentdagi sovet modernizmi yodgorliklari – bular Ipak yo‘lidagi eng mashhur diqqatga sazovor joylardir. Forumda mehmonlar O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlari – ta’tilni maksimal qulaylikda o‘tkazish imkonini beruvchi jadal rivojlanayotgan sayyohlik infratuzilmasi hamda sharqona me’morchilik durdonalari bilan uyg‘unlashgan qadimiy madaniyatning haqiqiy vohasi haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Forum doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi davlat tashkilotlari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazadi, ikki mamlakat turizm sanoati subyektlari bilan B2B formatida uchrashuvlarda, yalpi muhokama va konferentsiyalarda ishtirok etadi.