Aviatsiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash barqaror va to‘xtovsiz ish olib borishning muhim qismi hisoblanadi. “Uzbekistan Airways” AJ ham bu yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Aviakompaniyaning har bir tarkibiy bo‘linmasi o‘z xodimlarini reja asosida o‘qitib boradi. “O‘quv-mashg‘ulot markazi’ MChJ bundan mustasno emas. Markaz ham boshqalar qatori aviakompaniya nufuzini rivojlantirish va mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan muhim tashkilotlardan biridir.
Uzbekistan Airways o‘z sohasi bo‘yicha doimiy malakaga ega bo‘lgan professional va malakali kadrlar tayyorlash ustida ish olib bormoqda. Uchuvchilar va bort kuzatuvchilari aviatsiya bo‘yicha malaka va bilimlarini mustahkamlash bilan birga muntazam ravishda o‘qitilib bormoqda.
Ta’kidlash joizki, “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MChJ o‘z instruktorlarini 2022 yil 14 noyabrdan 19 noyabrgacha “Bortkuzatuvchilar maktabi” xususiy qo‘shimcha kasbiy ta’lim muassasasining “ATR 42/72 havo kemalarida parvozlarni amalga oshirish uchun bortkuzatuvchilarni qayta tayyorlash” kursida o‘qish uchun Krasnoyarskga (Rossiya Federatsiyasi) yubordi. Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MCHJ xorijiy aviakompaniyalar hamda Panorama Airways, Qanot Sharq va boshqa aviakompaniyalar uchun uchuvchilar hamda bortkuzatuvchilarni tayyorlash, qayta o‘qitish bilan shugʻullanadi.