2023-yilning 5-aprelidan boshlab aviachiptalarni oʻzgartirish/qaytarish uchun yig‘im aviachiptaning qaytarish/qayta rasmiylashtirish/qayta bron qilish tranzaksiyasini amalga oshirish vaqtiga qarab belgilanadi, bron joyini olib tashlash vaqtiga bog‘liq emas.
Shunday qilib, agar aviachiptani qaytarish/qayta rasmiylashtirish/qayta bron qilish, aviachiptada ko‘rsatilgan qatnovning jo‘nashidan 1 soatdan oshiq vaqtda amalga oshirilgan bo‘lsa, belgilangan yig‘im tarif qoidalariga muvofiq undiriladi. Agar tranzaksiya qatnovning jo‘nash vaqtidan 1 soat oldin yoki qatnovdan keyin amalga oshirilsa, qo‘shimcha NO-SHOW yig‘imi undiriladi.
Shu bilan birga, qaytarilmaydigan tariflarning amaldagi qoidalarini inobatga olgan holda, NO-SHOW holatida aviachiptani qayta bron qilish/qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi, yuqorida ko‘rsatilgan tranzaksiyalar qatnovning jo‘nashidan 1 soat oldin amalga oshirilgan bo‘lishi lozim, aks holda bunday aviachiptadan tashuvda foydalanib bo‘lmaydi.