Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways yangilangan biznes-klass yo‘l to‘plamlarini taqdim etadi

2023 7 Aprel
Ulashing

Ekologik toza komponentlar yangi yo‘l to‘plamlarning asosiy xususiyatlaridan biriga aylandi. Aviakompaniya plastik buyumlar va plyonkalardan foydalanishni kamaytirishga qaror qildi. Buning o‘rniga, yo‘l to‘plamlarini endi qayta ishlanadigan va ekologik toza materiallardan tayyorlangan buyumlardan foydalaniladi. Bunday yondashuv chiqindilar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi va tabiatga salbiy ta’sirni kamaytiradi.

Yo‘l to‘plamlariga Portugaliyaning Claus Porto brendi tomonidan ishlab chiqarilgan qo‘l kremi va lab uchun balzam kiradi. Parvoz davomiyligidan kelib chiqib, yo‘lovchilarga tish tozalash to‘plami, og‘iz bo‘shlig‘ini chayish vositasi, taroq, quloq tiqinlari, uxlash uchun qulay niqob, brendlangan sharikli ruchka, poyabzal uchun qoshiqcha va individual qadoqdagi shippak taklif etiladi.

Tish cho‘tkasi, taroq va poyabzal uchun qoshiqcha ekologik toza, tabiiy material hisoblangan bambuk yog‘ochdan tayyorlangan. Tishlarni tozalash to‘plami va quloq tiqinlari esa qog‘ozli qadoqlarda taqdim etiladi.  

Yangi yo‘l to‘plamlarining dizaynida O‘zbekistonning milliy an’analari aks etgan bo‘lib, ularning hajmi va shakli parvoz davomiyligiga bog‘liq.

Ishonchimiz komilki, bizning to‘plamlarimiz nafaqat foydali bo‘ladi, balki havo kemamiz bortida kechgan yoqimli parvozni eslatib turadi.  

PDF-ni yuklab oling