Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Ramazon hayiti munosabati bilan chegirma e’lon qiladi

2023 20 Aprel
Ulashing

Faqat 2023-yilning 21-aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan Uzbekistan Airways alohida yo‘nalishlarning tariflarga chegirma e’lon qiladi:

 

1. Aksiya muddati 2023-yil 21-aprel soat 00:00 dan 23:59 gacha;

2. Yoʻnalishlar: Toshkentga /dan Jakarta, Tokio, Seul, Boku, Ostona, Sharja va qaytib kelishga, shuningdek, Toshkentdan / Fargʻonadan Dubayga va u yerdan qaytib kelishga;

3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:

– kattalar uchun tarifdan – 15%;  

– 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 15%;

– Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;

4. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keying kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;

5. Chegirma bilan chiqarilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda to‘liq tarif darajasiga qo‘shilishi kerak;

6. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 21.04.2023da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;  

7. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;

8. Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida, “Uzbekistan airways sales” filiali va uning agentlarida, shuningdek, xorijdagi vakolatxonalarimizda xarid qilish mumkin. BSP agentlari bundan mustasno;

9. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);

10. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi, bolalarnikidan tashqari (saytda 3% chegirma qo‘llanilmaydi);

11. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Jakarta, Tokio, Seul, Boku, Ostona, Sharjaga va ortga qaytish, shuningdek, Toshkent/Farg‘onadan Dubayga va ortga qaytuvchi reyslar uchun taqdim etiladi. Chegirma CodeShare reyslarida va tijorat shartnomalari bo‘yicha e’lon qilingan tariflar uchun qo‘llanilmaydi.

PDF-ni yuklab oling