2023-yilning 29-aprelidan boshlab, Yaponiyaga kirishda yo‘lovchilardan PZR test hamda to‘liq emalanganlik haqidagi sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.
Bugungi kunga qadar Uzbekistan Airways Toshkent-Tokio-Toshkent yo‘nalishida haftalik muntazam aviaqatnovlarni Narita aeroportiga amalga oshirmoqda.
Ushbu va boshqa yoʻnalishlar uchun aviachiptalarni rasmiy veb-saytda, UzAirways ilovasi orqali, Uzbekistan Airways Sales filialida, shuningdek, aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.