Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

O‘zbekiston aviatsiyasida noodatiy va juda quvonchli kun

2023 6 May
1
Ulashing

Uzbekistan Airways’da 26-aprel Uchuvchilar kunida amalga oshirilgan va aviakompaniya uchun eng muhim voqealardan biriga aylangan HY273 Toshkent – ​​Istanbul yo‘nalishi yo‘lovchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Aviakompaniya boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Umid Xusanov boshchiligidagi aviakompaniya rahbariyati bortkuzatuvchilarning yo‘lovchilardan birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yordam so‘raganida tezkorlik bilan javob qaytargan va yordam bergan yoʻlovchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda tibbiyot fanlari doktori, Toshkent tibbiyot akademiyasi Otolaringologiya va stomatologiya kafedrasi xodimi Shoira Maxamadaminova hamda Otolaringologiya va stomatologiya kafedrasi mustaqil ilmiy xodimi Akmal Mahmudovlar parvoz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar: “Anjumanda ishtirok etish uchun Istanbulga uchdik, oradan uch soatdan ko‘proq vaqt o‘tdi, shundan so‘ng e’lon berildi: – samolyot bortida shifokor bormi? Akmal bilan men darhol javob berdik. Biz yaqinlashib, homilador ayolga yordam kerakligini ko‘rdik. Men hech qachon tug‘ruq jarayonida qatnashmaganman, lekin buni talabalik yillarimizda o‘rgatishgan. Men barcha o‘rganganlarimni eslab tayyorlandim va biz ishga kirishdik... Samolyot qo‘nayotganini ham sezmadik va bizga “Ehtiyot bo‘ling, qo‘nyapmiz!” deyishdi. Tug‘ruq jarayoni muvaffaqiyatli kechdi. Hammasi yaxshi o‘tgani uchun Yaratganga juda minnatdorman”, – deydi Sh.Mahamadaminov.

Tadbir davomida taklif etilgan mehmonlarga aviakompaniyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. Uzbekistan Airways havo kemasi bortida bo‘lgan har bir yo‘lovchiga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi va qalban qo‘llab quvvatlagani uchun yana bir bor o‘z minnatdorchiligini bildiradi. 

 

PDF-ni yuklab oling