Ijtimoiy tarmoqlarda “Qizilqum – Metallurg” o‘yinida Navoiy viloyatidagi futbol maydoniga vertolyot qo‘nishi haqida xabar tarqaldi.
Uzbekistan Airways quyidagilarni ma’lum qiladi:
Joriy yilning 14-avgust kuni “Uzbekistan Helicopters” aviakompaniyasining vertolyoti Navoiy viloyatida maxsus aviatsiya ishlarini amalga oshirayotgandi.
Parvoz topshirig‘ini bajarish doirasida ekipaj Karmana tumani “Yoshlik” sport majmuasining mini futbol maydoniga qo‘ndi. Ushbu qo‘nish avvalroq Navoiy viloyati hokimligi bilan kelishilgan edi.
Shu bilan birga, vertolyotning qo‘nishi stadionda o‘tkazilayotgan tadbirga to‘sqinlik qilmadi. Xavfsizlik huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ta’minlangan.
Keyinchalik vertolyot yo‘nalishi bo‘yicha parvozni davom ettirdi.