Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Uzbekistan Airways” AJda xaridlar bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

2023 13 Noyabr
Ulashing

“Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati davlat dasturlarini amalga oshirishda ochiqlik, samaradorlik va shaffoflikka intilishda davom etmoqda. 2023-yilning 10-noyabr kuni aviakompaniya bosh ofisida xarid tadbirlarini tashkil etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 22-aprelda imzolangan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, “Uzbekistan Airways” AJ ushbu sohada korporativ buyurtmachi hisoblanadi. 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan seminarda kompaniya vakillarini asosiy davlat organlari, jumladan, Hisob palatasi, Transport prokuraturasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, shuningdek, Respublika tovar-xom ashyo birjasi, “cooperation.uz” elektron hamkorlik portali, “xt-xarid.uz” davlat xaridlari elektron tizimi kabi davlat xaridlarining elektron tizimlari operatorlari ishtirok etishdi.

Foto2

Seminarda so‘nggi qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan yangiliklar, o‘zgartirishlar va mezonlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar davlat xaridlarining elektron tizimlari operatorlari platformalarida taqdim etilayotgan yangi xizmatlar va qulayliklarni muhokama qildilar.

Foto3

Davlat organlari vakillari tomonidan davlat xaridlari sohasidagi huquqiy normalar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ularni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida amaliy misollar keltirildi. Shuningdek, elektron davlat xaridlari tizimlari operatorlari ishtirokchilarni davlat buyurtmachilarining so‘rovlarini moderatsiya qilish tartibi, o‘z platformalarida tender savdolarini tashkil qilish va ularning davlat xaridlarini tashkil etishdagi o‘rni bilan atroflicha tanishtirdi. Seminar nafaqat axborot manbai, balki muammolarni faol muhokama qilish va davlat xaridlarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish maydoni bo‘ldi.

Seminar yakunida, “Uzbekistan Airways” AJ vakillari qonunchilik talablarini tizimli ravishda amalga oshirish va davlat xaridlarini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga intilishlarini alohida ta’kidladilar. Kompaniya yuqori mas’uliyat va ochiqlik standartlariga muvofiq faoliyat yurituvchi, korrupsiya xavfini minimallashtirish va o‘z xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirishga intiluvchi subyekt sifatida o‘z pozitsiyasini tasdiqlaydi.

Foto4

“Uzbekistan Airways” AJ O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o‘rin tutib, davlat xaridlari sohasida shaffoflik, tezkorlik va mas’uliyat yo‘lini davom ettirmoqda.  

PDF-ni yuklab oling