Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways’dan Yangi yil bayrami uchun yangi chegirmalar

2023 28 Dekabr
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yo‘lovchilarga yangi yil sovg‘asi sifatida barcha mahalliy aviaqatnovlar aviachiptalari uchun 20%lik chegirma taqdim etadi.

 

Chegirma taqdim etish shartlari:

  1. Sotuv davri 2023-yil 28-dekabridan 2024-yil 2-yanvarigacha
  2. Parvoz amalga oshirilishi davri 2023-yil 30-dekabrdan 2024-yil 2 yanvargacha
  3. Chegirma respublika ichidagi ekonom va biznes klassining barcha e’lon qilingan individual tariflari (OW/RT) uchun ruxsat etiladi.
  4. Taqdim etilgan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun – ekonom va biznes tariflaridan 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – ekonom va biznes klass kattalar tarifidan 40 %;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan va salonda joy egallamaydigan bolalar uchun ushbu chegirma amal qilmaydi.  
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi.
  2. Chegirma bilan rasmiylashtirilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar aksiya tugagandan so‘ng qayta rasmiylashtirilgan/qayta bronlashtirilgan taqdirda, chegirmalarni qo‘llamasdan to‘liq tarif darajasiga qo‘shimcha to‘lov qilinishi kerak;
  3. Ushbu aksiya boshlanishidan oldin rasmiylashtirilgan aviachiptalar (2023-yil 30-dekabridan 2024-yil 2-yanvarigacha) aksiya muddati davomida qayta rasmiylashtirilgan/qayta bronlashtirilgan taqdirda, tarifga chegirma bilan qayta hisoblanmaydi;
  4. Qisman foydalanilgan aviachiptalar rasmiylashtirilgan kunida belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq qayta rasmiylashtiriladi.
  5. Chegirma faqat chegirma muddatidagi davr uchun qo‘llaniladi.
  6. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi.
  7. Ushbu chegirmalar faqat “Uzbekistan Airways” AJ aviaqatnovlarigagina amal qiladi va “Uzbekistan Helicopters” MCHJ HY1001-1100 qatnovlarida qo‘llanilmaydi.

 

Chegirmali aviachiptalarni hoziroq rasmiy www.uzairways.com sayti, aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling