Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Tailandga hamyonbop aviachiptalarni taklif etadi

2024 25 Yanvar
Ulashing

Quyoshli Bangkok va Pxuketga parvozlar hech qachon bu qadar hamyonbop bo‘lmagan. O‘zingiz va yaqinlaringizga oppoq plyajlar va tiniq suvlari bilan mashhur Tailand shaharlarida dam olish imkoniyatini taqdim eting.

O‘zingiz orzu qilgan ta’tilga, ayniqsa tropik shaharlarga borishning erta kechi yo‘q! Bangkok va Pxuketga bo‘lgan sayohat qulayligini taʼminlash maqsadida Uzbekistan Airways aviachiptalarini chegirmali narxlarda sotishni boshladi.  

Megapolis, Tailand Qirolligining poytaxti, rang-barang va farishtalar shahri - bularning barchasi Bangkok haqida. Hayot qaynaydigan Osiyo shahri o‘zining betakror atmosferasi, oshxonasi, tarixi, turli xil dam olish maskanlari va do‘konlari bilan sizni o‘ziga rom etadi.

Agar siz shahar shovqinidan va ishdagi stressdan charchagan bo‘lsangiz, zudlik bilan Pxuketga otlaning! Unda tropik ta’tildan kutgan hammasi, yorqin quyosh, ko‘mko‘k suv, go‘zal plyajlar, ajoyib quyosh botishi, ekzotik mevalar va tanga orom beruvchi massajlar mavjud.

Uzbekistan Airways bilan o‘zingiz uchun ushbu ajoyib yo‘nalishni kashf eting. Tailand shaharlariga aviachiptalarni hamyonbop narxlarda hoziroq xarid qilishingiz mumkin. Bangkokka parvozlar dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi, Pxuketga esa seshanba va juma kunlari sayohat qilishingiz mumkin.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy sayti www.uzairways.com dan 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways mobil ilovasida, aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahar. Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uyda joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin. 

PDF-ni yuklab oling