Uzbekistan Airways bosh ofisida 2023-yil yakunlari va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalarga bag‘ishlangan xorijdagi aviakompaniya vakillarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uzbekistan Airways havo kemalari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy mamlakatlarda (Nyu-York, London, Milan, Frankfurt, Riga, Turkiya shaharlari, Tel-Aviv, Jidda, BAA shaharlari, Rossiya Federatsiyasi shaharlari, Boku, Tbilisi, Qozog‘iston Respublikasi shaharlari, Dushanbe, Bishkek, Xitoy shaharlari, Dehli, Seul, Tokio, Bangkok, Kuala-Lumpur, Jakarta) parvozlar va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi vakillar Toshkentda yig‘ildi. Ikki kun davomida ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari yuzasidan xisobotlar tinglandi, muammoli masalalar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi.
Vakillar bilan bir qatorda aviakompaniyaning tijorat va moliya bo‘limlari rahbarlari so‘zga chiqdi. Aksiyadorlik jamiyatining butun jamoasi, jumladan, xorijiy punktlarda joylashgan mutaxassislarning mehnati tufayli 2023-yilda 5 milliondan ortiq yo‘lovchi o‘z zimmasiga yetkazildi, amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni sezilarli darajada oshdi: 2022-yilda borish-qaytish aviaqatnovlari o‘tgan yili 28 127 tani, 2023-yilda esa 32 333 tani tashkil etdi. Yoʻlovchi tashuvchi havo kemalarida yuk tashish koʻrsatkichlari ham 28,7 ming tonnadan oshdi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy aviatashuvchisi 2024-yilda o‘tgan yildagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash, yangi yo‘nalishlar ochish hamda Rim va Mumbay bilan havo aloqalarini qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.