27-avgustdan 30-sentabrga qadar amalga oshiriladigan quyidagi aviaqatnovlar uchun biznes-klass aviachiptalari tariflardan chegirma bilan taqdim etiladi:
- Toshkentdan Jakarta, Nyachang, Anqara, Sharm El-Shayx, Xabarovsk, Tbilisi, Batumi, Dushanbe, Ostona va ortga;
- Toshkent/Nukusdan Olmaotaga va ortga;
- Toshkent, Samarqanddan Tel-Avivga va ortga;
- Toshkent, Namangan, Qarshi, Termiz, Buxoro, Farg‘ona, Nukus, Navoiy, Samarqand, Urganchdan Moskvaga va ortga.
Aviachiptalarni booking.uzairways.com saytidan, ilovadan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin. Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. Ularga chegirma amal qilmaydi.