Bugun, 27-noyabr kuni Uzbekistan Airways xodimlari Central Asia Air Cargo Summit 2024 doirasida amaldagi va potensial hamkorlar bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining milliy aviakompaniyasi sammitning bosh hamkori va rasmiy aviatashuvchisi sifatida ishtirok etdi.
Markaziy Osiyo yuk aviatashuvlari sammiti mintaqada yuk aviatashuvlari bozorini rivojlantirishdan manfaatdor barcha tomonlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda asosiy yuk oqimlari Janubi-Sharqiy Xitoy va Yevropa, Yevropa va Osiyo, shuningdek, AQSH va dunyoning qolgan mamlakatlari o‘rtasidagi eng samarali yo‘nalishlarga yo‘naltirilmoqda, bu esa Uzbekistan Airways uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.