“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ idoraviy yong‘in nazorati boshlig‘i tomonidan 12 ta maxsus texnika, 51 ta qutqaruvchi shaxsiy tarkibi, shuningdek, 50 dan ortiq UAT xodimlarini jalb qilgan holda kompleks taktik avariya-qutqaruv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar yakunida aviakorxona xodimlari uchun zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikasi namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus vazifalar bo'yicha Respublika qutqaruv markazidan o‘zaro harakat qiluvchi kuchlar taklif etildi.
O‘quv mashg‘ulotlarining maqsadi – boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining turli vazifalarini bajarish jarayonida yong‘in vaqtida kuch va vositalarni boshqarishda rahbar tarkibning taktik fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat.