2024-yil 12-dekabr – Uzbekistan Airways va Malayziya Airlines Janubi-Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo va undan tashqarida sayohat imkoniyatlarini kengaytiradigan va yo‘lovchilar uchun yangi yo‘nalishlarni ochadigan kod-shering hamkorligini qayta tiklaganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Ushbu qaror har ikki aviakompaniyaning xalqaro tashuvlarga o‘sib borayotgan talabga javoban sayohat uchun qulay sharoitlar yaratish va yo‘nalishlar tarmog‘ini kuchaytirish istagini aks ettiradi.
Yangilangan kelishuv doirasida Malaysia Airlines Uzbekistan Airways tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan Toshkent-Kuala-Lumpur yo‘nalishida o‘zining "MH" aviaqatnovlari kodini kiritmoqda, bu uning Markaziy Osiyo bozoriga chiqishini anglatadi. Ushbu qadam Malayziya aviakompaniyasi yo‘lovchilariga mintaqa bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishni ta’minlaydi, uning global yo‘nalishlar tarmog‘ini boyitadi va xalqaro sayohatlarga o‘sib borayotgan talabni qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Malaysia Airlines tomonidan bajariladigan tanlangan yo‘nalishlarga "HY" aviaqatnovlar kodini qo‘shish orqali parvozlar xaritasini kengaytiradi. Endi yo‘lovchilar Kuala-Lumpur orqali Langkavi va Kota Kinabalu kabi mashhur kurort yo‘nalishlariga oson yetib borishlari mumkin. Ushbu yo‘nalishlar Janubi-Sharqiy Osiyoning diqqatga ziyoratgoh joylari va diqqatga sazovor joylarini kashf etish imkonini beradi.
Ushbu hamkorlik tufayli yo‘lovchilar sayohat qilishda yuqori darajadagi qulaylikka ega bo‘ladilar, jumladan, tranzit aeroportlarida qayta ro‘yxatdan o‘tish zaruratisiz oxirgi manzilgacha bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish, optimallashtirilgan parvozlar jadvali va o‘tish o‘rtasidagi minimal kutish vaqti, bu esa yanada qulay tutashuvlarni ta’minlaydi.
Yangilangan hamkorlik yo‘lovchilar uchun Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyodagi qiziqarli yo‘nalishlarga tashrif buyurish imkoniyatini ochib, ikkala aviakompaniyaning mehmondo‘stligini zamonaviy aviatashuvlar qulayligi bilan birlashtiradi. Yangi yo‘nalishlarga aviachiptalarni aviakompaniyalarning rasmiy saytlari, savdo ofislari va vakolatli agentlardan xarid qilish mumkin.
- TAMOM -
Uzbekistan Airways haqida
Uzbekistan Airways – O‘zbekistonning eng yirik aviakompaniyasi va mamlakatning aviatashuvchisi. Aviakompaniya doimiy ravishda o‘z yo‘nalish tarmog‘ini va aviaparkini kengaytirib, xizmatlar sifatini oshirishga intiladi. Parvoz xavfsizligini ta’minlash kompaniyaning ustuvor vazifasidir. Bugungi kunda Uzbekistan Airways dunyo bo‘ylab 75 dan ortiq yo‘nalishga parvozlarni amalga oshiradi.
Aviakompaniya muntazam va charter yo‘lovchi hamda yuk tashish xizmatlarini, shu jumladan Uzbekistan Airways Express brendi ostida hamyonbop aviaqatnovlarni taklif etadi. Bugungi kunda aviakompaniya parkida Boeing 787, Boeing 767/767 Freighter, Airbus A320neo/321neo Long Range, Airbus A320ceo, ATR 72-600 va LET L-410 kabi 45 dan ortiq havo kemasi mavjud. E’tiborga loyiq tomoni shundaki, Uzbekistan Airways Markaziy Osiyoda eng keng yo‘nalish tarmog‘iga ega va MDH davlatlari orasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri transkontinental aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi yagona aviakompaniyadir.
Uzbekistan Airways guruhi Uzbekistan Airways Technics, Uzbekistan Airways Catering, Uzbekistan Airways Training Centre, Uzbekistan Helicopters va mintaqaviy tashuvchi Silk Aviadan iborat.
Malaysia Airlines haqida
Malaysia Airlines – Malayziyaning milliy aviakompaniyasi bo‘lib, yuqori sifatli va to‘liq xizmat ko‘rsatish orqali Malayziyaga, Malayziyadan va uning atrofida sayohat qilishning eng yaxshi usulini taqdim etadi. Malayziya Airlines har kuni 40 minggacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi va Malayziyaning boy xilma-xilligidan ilhomlanib, ularning sayohatlarini esda qolarli qiladi. Milliy aviatashuvchi sifatida aviakompaniya mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarning barcha bosqichlarida o‘zining noyob malayziya mehmondo‘stligi orqali mamlakatning boy an’analari, madaniyati va oshxonasini yetkazish orqali mamlakatning aql bovar qilmas xilma-xilligini aks ettiradi.
2015-yil sentabrdan boshlab aviakompaniya Malaysia Airlines Berhad kompaniyasiga tegishli bo‘lib, uning tomonidan boshqarilmoqda. U Malaysia Aviation Group (MAG) – aviatashuvlarning global ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan aviatsiya va sayohat sohasidagi turli biznes yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan global aviatsiya tashkilotining bir qismidir.
Aviakompaniya xavfsizlik va gigiyenani asosiy tamoyil sifatida qabul qilgan holda MHFlySafe tashabbusi orqali xavfsiz va qulay sayohatlarni ta’minlashga intiladi. Oneworld® alyansi orqali Malaysia Airlines dunyoning 170 mamlakatidagi 900 dan ortiq yo‘nalishga yuqori darajadagi bog‘lanishni ta’minlaydi. Batafsil ma’lumot www.malaysiaairlines.com saytida, shuningdek, Malaysia Airlines mobil ilovasida mavjud bo‘lib, u yerda siz so‘nggi aksiya va takliflarni topishingiz mumkin.