Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi havo kemasi bortida tug‘ruq paytida yordam bergan ekipaj bilan uchrashdi

2025 3 Fevral
Ulashing

Bugun, 3-fevral kuni, Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov 28-yanvar kuni Toshkent – Nyu-York aviaqatnovida tug‘ruq qabul qilingandan so‘ng e’tibor markaziga tushgan Boeing 787 havo kemasi ekipaji bilan uchrashdi. 

Uchrashuv aviakompaniyaning bosh ofisida bo‘lib o‘tdi. Unda Boshqaruv raisi yo‘lovchiga havo kemasi osmonda parvozni davom ettirayotgan vaqtda tug‘ruq muvaffaqiyatli o‘tishida yordam bergan ekipajning kasbiy mahorati va hamjihatligini yuqori baholadi. Havo kemasi bortida tajribali bortkuzatuvchilar va uchuvchilar, shuningdek, yo‘lovchilar orasida shifokorlar – akusher va jarroh bo‘lib, ular tug‘ruq xavfsiz o‘tishi uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlagan.  

Shuxrat Xudaykulov ko‘rsatilgan mahorat va jasorat uchun ekipaj a’zolariga minnatdorchilik bildirdi hamda jamoa a’zolariga – uchuvchi-yo‘riqchi Ruslan Almamedov, komandir Rustamjon Buribayev, ikkinchi uchuvchilar Botir Niyazov va Sardor Shadjaliyev, katta bortkuzatuvchilar Gulnoza Giyasova va Elnora Abduganiyeva, bortkuzatuvchilar Yekaterina Dolgix, Ibroxim Muhammadaminov, Ramil Xaneyev, Natalya Yugay, Xasanbek Xabibiy, Xudoynazar Abdurayimov, Rayxona Sobirova, Munisa Kurbanova va Shaxnoza Zakirovaga guldasta va faxriy yorliqlar topshirdi.  

Ushbu voqea har kuni parvozning barcha bosqichlarida yo‘lovchilarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlaydigan Uzbekistan Airways xodimlarining yuqori darajadagi tayyorgarligi va kasbiy mahoratining yorqin namunasidir.

PDF-ni yuklab oling