Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Qo‘l yukini olib o‘tish bo‘yicha ma’lumot

2025 7 Fevral
Ulashing

Qo‘l yukini olib o‘tish qoidalarida sayohatdan oldin o‘rganib chiqish lozim bo‘lgan ko‘plab jihatlar mavjud. Sizning qulayligingiz uchun batafsil qo‘llanma tayyorladik. 

HK salonida alohida o‘rindiqni egallagan har bir yo‘lovchi aviaqatnovdavomida bagaj javonlarida yo‘lovchi o‘rindiqlarining tepasida yoki oldinda turgan yo‘lovchi o‘rindig‘i tagida joylashtiriladigan qo‘l yuki joyini o‘zi bilan olib o‘tishi mumkin, bunda qo‘l yukining miqdori va og‘irligi quyidagilardan oshmasligi kerak:

  • iqtisodiy klass yo‘lovchilari uchun – og‘irligi 8 kg dan oshmaydigan 1 ta qo‘l yuki;
  • biznes-klass yo‘lovchilari uchun aviaqatnov yo‘nalishiga qarab belgilanadi:
    • og‘irligi 10 kg dan oshmaydigan bitta qo‘l yuki yoki
    • har birining og‘irligi 8 kg dan oshmaydigan ikkita qo‘l yuki;
  • aviatashuv narxining kamida 50 foizi to‘langan bolalar uchun – xizmat ko‘rsatish klassiga muvofiq katta yoshdagi yo‘lovchilar uchun belgilangan me’yor asosida;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun qo‘l yukini bepul olib o‘tish me’yori nazarda tutilmagan;
  • xizmat talabnomasiga asosan rasmiylashtirilgan aviachiptalarga ega yo‘lovchilar uchun – aviachiptada ko‘rsatilgan xizmat ko‘rsatish klassi uchun belgilangan me’yorga muvofiq;
  • “Uzbekistan Airways” AJ havo kemalari ekipaj a’zolari uchun – og‘irligi 8 kg dan oshmaydigan 1 ta qo‘l yuki. 

Yo‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘l yuki sifatida chamadon, ryukzak yoki sumka o‘rniga g‘ilofga solingan bitta musiqa asbobini olishi mumkin. Bunday musiqa asbobining og‘irligi tegishli xizmat ko‘rsatish toifasi uchun belgilangan qo‘l yuki og‘irligidan oshmasligi, o‘lchamlari esa uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 150 santimetrdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. 

Qo‘l yuki joyi tomonlarining ruxsat etilgan eng katta o‘lchamlari 55 sm, 35 sm va 25 sm dan, uch o‘lcham yig‘indisi esa 115 sm dan oshmasligi lozim. Bu o‘lchamlarga qo‘l yuki sifatida olib o‘tiladigan yuk joylarining g‘ildiraklari, dastalar va yon cho‘ntaklari ham kiradi.

Tashuvchi belgilagan og‘irlik va (yoki) hajm me’yoridan ortiq bo‘lgan qo‘l yuki ro‘yxatga olingan bagaj sifatida topshirilishi shart.

Qo‘l yukini olib o‘tish uchun ruxsat etilgan me’yordan tashqari, yo‘lovchi havo kemasi saloniga parvoz vaqtida o‘ziga zarur bo‘lgan quyidagi narsalarni olishi mumkin:

  • og‘irligi 5 kg gacha bo‘lgan va uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha o‘lchamlari 92 sm dan oshmaydigan ayollar sumkasi, erkaklar barsetkasi, ixcham portfel yoki ryukzak;
  • uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha o‘lchamlari 118 sm dan oshmaydigan (55×40×23 sm) bolalar yo‘l beshigi yoki yig‘ma bolalar aravachasi;
  • soyabon yoki hassa;
  • portpledli kostyum; 
  • Duty Free do‘konlaridan sotib olingan, og‘irligi 5 kg dan ortiq bo‘lmagan, uch o‘lam yig‘indisi bo‘yicha o‘lchami 92 sm dan katta bo‘lmagan paketga joylangan buyumlar; 
  • harakatlanish imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarning mustaqil harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan turli xil moslamalar (qo‘ltiqtayoqlar, yurgizgichlar, hassalar, rolatorlar va boshqalar), yo‘lovchi tomonidan parvoz paytida foydalaniladigan va havo kemasi saloniga xavfsiz joylashtirilishi mumkin bo‘lgan moslamalar. Yig‘iladigan nogironlar aravachasi havo kemasi salonida faqat uni xavfsiz joylashtirish uchun joy mavjud bo‘lgan taqdirdagina olib o‘tiladi. Bunday joy bo‘lmagan taqdirda, nogironlar aravachasi qo‘shimcha to‘lov undirilmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajda olib o‘tish uchun topshiriladi.

Litiy batareyalari/akkumulyatorlari/quvvat bloklari bo‘lgan mobil telefonlar, planshetlar, elektron sigaretalar va boshqa gadjetlarni faqat qo‘l yukida olib o‘tish mumkin. Bu buyumlarni ro‘yxatga olinadigan bagajda olib o‘tish uchun topshirish mumkin emas. 

PDF-ni yuklab oling