2022-yilning 3-sentabrdan boshlab Janubiy Koreya mamlakatga kelayotgan yo‘lovchilarga PZR-testlarini taqdim etish talablarini bekor qildi.
Biroq, Koreya Respublikasiga kirish uchun maxsus karantin shaklini havo kemasi bortida to‘ldirish va mamlakatga kirish chog‘ida karantin xizmati xodimlariga taqdim etish qoidalari saqlanib qoladi. Shuningdek, mamlakatga kelganidan keyin sayyohlar 24 soat ichida COVID-19 uchun PZR-testini topshirishlari, test natijalari to‘g‘risida esa karantin xizmatini elektron manzil orqali xabardor qilishlari majburiydir.