Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Airbus A330 – O‘zbekistonga хush kelibsiz

2023 21 Aprel
Ulashing

2023-yilning 21-aprel kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airways” AJ tijorat maqsadlarida 2023-2024 yillarda foydalanishni rejalashtirayotgan ikkita Airbus A330 havo kemalaridan birinchisini tantanali tarzda kutib oldi.

Airbus A330 uzoq masofaga parvoz qiladigan samolyot hisoblanadi. Uning saloni 266 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan 18 tasi biznes-klass, 248 tasi ekonom-klass o‘rindiqlari.

Poytaxt aeroportida avialayner karnay-surnay sadolari ostida an’anaga ko‘ra suv arkasi va sho‘x shodon milliy raqslar bilan kutib olindi. Tantanali tadbirda Transport vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati va xodimlari, OAV vakillari hamda aviaspotterlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan parvozlar geografiyasini kengaytirish, ularning samaradorligini oshirish va yo‘lovchilar sonini sezilarli darajada oshirish kabi salmoqli ishlar amalga oshirildi. Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda aviakompaniya 4 milliondan ortiq yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazib qo‘ygan. Ushbu vazifalarni bajarish uchun 2022-yilda havo kemasi aviaparki beshta Airbus A321Neo bilan to‘ldirildi. 2023-yil oxirigacha to‘rtta yangi Airbus A320Neo va 2029-yilgacha o‘n ikkita samolyotni sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Foto1

 

Aviakompaniyaning parvozlar yo‘nalishi ortib bormoqda, Parij, Milan, Tokioga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. 26-apreldan boshlab esa Jakartaga parvozlar tiklanmoqda. Qolaversa, Nyu-York, Frankfurt, Tel-Aviv, London, Riga, Tbilisi, Olmaota va boshqa ko‘plab shaharlarga parvozlar sonining ortishi ham shular jumlasidandir.

“Uzbekistan Airways” AJning tashabbuskor rejalarini amalga oshirish uchun havo kemalari parkini kengaytirish va yo‘nalishlar tarmog‘ini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalarni bajarish konsepsiyasi doirasida Airbus A330 oilasiga mansub ikkita samolyotni ijaraga olishga qaror qilindi. Tegishli kelishuv “Uzbekistan Airways” AJ va Heston Airlines o‘rtasida imzolandi. Kompaniya havo kemalari barcha xavfsizlik talablariga javob beradi hamda o‘rta va uzoq masofalarga parvozlarni amalga oshiradi. 

Ma‘lumot uchun: Heston Airlines butun dunyo bo‘ylab charter reyslarni amalga oshiruvchi va samolyotlarni ijaraga berishga ixtisoslashgan aviakompaniya hisoblanadi. Bosh ofisi Vilnyusda (Litva) joylashgan. Kompaniya Heston Aviation Group tarkibiga kiradi hamda uning asosiy faoliyati lizing, aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashdan iborat.

Foto2

Dastlabki bosqichda Uzbekistan Airways ushbu havo kemasini Toshkent – ​​Istanbul, Toshkent – ​​Dubay va Toshkent – ​​Jidda yo‘nalishlarida foydalanishni rejalashtirmoqda.

2023-yil 23-aprel kuni Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk tijoriy aviaqatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi Airbus A330 havo kemasi esa 2023-yilning 3-may kuni O‘zbekistonga yetkazilishi kutilmoqda.

PDF-ni yuklab oling