2023-yilning 23-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdan Parijga uchishdan oldin havo kemasiga chiqishda qo‘llarida bolalar aravachasi bo‘lgan yo‘lovchilar aravachani bagaj bo‘limiga topshirishga majbur bo‘lishgani haqidagi xabar e’lon qilingan edi. Buni aeroport xodimi talab qilgan. Yo‘lovchilar Parijga yetib kelganida bagaj qabul qilib olishda aravachani topa olmagan. Bundan tashqari, bloger Uzbekistan Airways’ning Parijda (Fransiya) rasmiy vakili yo‘qligi haqida yozadi.
“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Aviakompaniya qoidalariga muvofiq, qo‘l yuki sifatida og‘irligi 8 kg gacha bo‘lgan va uch o‘lcham birligi yig‘ilgan holatda 115 santimetrni tashkil etadigan bolalar aravachalarini olishga ruxsat beriladi. Biroq “Uzbekistan Airports Handling” MChJ yo‘lovchi tashish xizmati xodimi aravachani salonga olib kirishga ruxsat bermagan.
Aviakompaniya 2023-yil 23-may kuni amalga oshirilgan HY251 Toshkent-Parij yo‘nalishida yo‘lovchi bolalar aravachasini o‘z vaqtida olmagani tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Buning sababi, yo‘lovchi bolalar aravachasini ro‘yxatdan o‘tish paytida aravachaga qo‘yilgan identifikatsiya yorlig‘i ustidan uni topshirishdan oldin maxsus qoplama bilan o‘ragan va g‘ilof natijada bagaj yorlig‘ini berkitib qo‘ygan.
Parijda aviakompaniya vakili yo‘qligi haqida.
“Uzbekistan Airways” AJ pandemiya davrida xarajatlarni kamaytirish maqsadida xorijdagi, shu jumladan Fransiyada va bir qancha vakolatxonalari faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida havo aloqalari tiklanganidan so‘ng, “Uzbekistan Airways” AJ xorijda ilgari faoliyat ko‘rsatgan vakolatxonalarini tiklash ustida ish olib bormoqda.
Hurmatli yo‘lovchilar!
Sizlardan aviakompaniya veb-saytida mavjud bagaj va qo‘l yuki qoidalari bilan tanishib chiqishingizni va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, aviakompaniya rasmiy vakili yoki ro‘yxatdan o‘tkazish agentiga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.