Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways – Airbus: 30 yillik hamkorlik

2023 16 Iyun
1
Ulashing

2023-yil 16-iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Uzbekistan Airways 18-Airbus A320neo havo kemasini tantanali ravishda kutib oldi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘n sakkizinchi Airbus A320neo havo kemasini qabul qilib olganini ma’lum qiladi. Yangi avialayner ishlab chiqaruvchining Tuluzadagi zavodida Uzbekistan Airways kompaniyasiga topshirildi. An’anaga ko‘ra, yangi samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.  

Shunisi e’tiborga loyiqki, avialayner Toshkentga O‘zbekiston Respublikasi milliy aviatashuvchisi va Airbus konserni o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlik kunida keldi – bundan roppa-rosa 30 yil oldin, 1993-yil 16-iyunda Uzbekistan Airways Airbus A310 rusumidagi birinchi samolyotini kutib olgan edi. Aynan shu kundan boshlab aviakompaniya parkini G‘arbda ishlab chiqarilgan havo kemalari bilan yangilashni boshladi.  

 Airbus A310 ko‘p yillar davomida milliy aviatashuvchining xalqaro yo‘nalishlarida muvaffaqiyatli xizmat qilgan. Uning kelishi bilan uchuvchilar va bortkuzatuvchilarni tayyorlashga yondashuv butunlay o‘zgardi, aviatsiya ta’mirlash zavodi g‘arbda ishlab chiqarilgan avialaynerlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni o‘zlashtirishni boshladi. Ushbu havo kemasida 1995-yilda birinchi marta Toshkent-Nyu-York-Toshkent transkontinental reysi amalga oshirildi, bu o‘sha davrdagi eng katta voqea bo‘ldi.    

Фото 1

Vaqt o‘tishi bilan Uzbekistan Airways yanada tejamkor Airbus A320/321 havo kemalaridan foydalanishni boshladi. Bugungi kunda aviakompaniya parkida 29 ta yo‘lovchi va yuk tashuvchi havo kemalari parvozlarni amalga oshiradi, ulardan 17 tasi Airbus konserni tomonidan ishlab chiqarilgan.

“Bu yil biz jami 5 ta yangi Airbus A320neo havo kemalarini qabul qilib olamiz. Bizning yo‘lovchilarimizga ushbu turdagi qulay, past shovqinli, zamonaviy interyer va mukammallashtirilgan konditsioner tizimiga ega avialaynerlar allaqachon manzur bo‘lgan. Qayd etish joizki, Airbus A320neo yonilg‘i sarfini tejash va uzoq masofaga parvoz qila olishi bo‘yicha oldingi avlod havo kemalariga qaraganda samaraliroq ishlaydi” deydi “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi Shuxrat Xudayqulov.    

Yangi avialayner 186ta ekonom klass yo‘lovchilarini tashishga mo‘ljallangan. Aviakompaniya Boshqaruvi raisi buning sababi Oʻzbekistondan aviatashuvlarga jiddiy ortib borayotgan talabni qondirish uchun moʻljallanganligini, biroq joriy yil oxirigacha barcha samolyotlar qabul qilingandan soʻng ikki klassli, ya’ni, ekonom va bizness klassli havo kemalariga oʻtkazilishi rejalashtirilganligini ham ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, yaqin kelajakda biz korporativ dizaynni yangilashni rejalashtirmoqdamiz, shuning uchun o‘n sakkizinchi va keyingi to‘rtta havo kemalari soddalashtirilgan fyuzelyaj rangida qabul qilinadi.

Фото 2

Airbus A320neo o‘z sinfidagi eng shovqinsiz avialayner hisoblanadi. Uchish jarayonidagi tovush tarqalishi darajasi oldingi avlod havo kemalariga qaraganda 50%ga pastroq. Bundan tashqari, ushbu turdagi havo kemasida konditsioner tizimi ham mavjud, u har ikki daqiqada havoni to‘liq yangilaydi va uning butun salon bo‘ylab bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi.  

Фото 3

Uzbekistan Airways yangi havo kemasini Toshkent va respublika mintaqalaridan monoklass tartibidagi parvozlar uchun bir qator yo‘nalishlarda foydalanishni rejalashtirmoqda. Yangi avialayner Uzbekistan Airways kompaniyasining uzoq yillik hamkori BOC Aviation tomonidan uzoq muddatli lizing shartlari asosida yetkazib berildi. O‘n sakkizinchi Airbus avialaynerini kutib olishga bolalar bilan aviakompaniya xodimlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari va aviaspotterlar taklif etildi.

 

PDF-ni yuklab oling