Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Fargʻona viloyatida sayyor qabul tashkil etildi

2023 29 Avgust
1
Ulashing

Mamlakatning aholi zich joylashgan hududlaridan biri – Farg‘ona viloyatida “Uzbekistan Airways” AJning ikki yil ichida uchinchi marta sayyor qabuli o‘tkazilmoqda. Maqsad bitta – har bir insonni tinglash, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish.

Aviakompaniya vakillari aviatashuvchi faoliyatining barcha jihatlari bo‘yicha konstruktiv muloqot o‘tkazdilar. Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslar, aviachiptalar sotuvi boʻyicha agentlar, turistik kompaniyalar vakillari, tadbirkorlik subyektlari, yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir boshida aviakompaniya tomonidan joriy yilning 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yangiliklar va yangi loyihalar, xususan, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida yaratilayotgani qulayliklar haqida ma’lumot berildi.

Marketing bo‘limi mutaxassislari aviakompaniya nafaqat Toshkentdan, balki boshqa hududlardan ham, shu jumladan Farg‘onadan ham yangi reyslarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. O‘tgan yilning oktabr oyidan boshlab aviakompaniya Farg‘onadan Dubayga haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

Sayyor qabul doirasida yoʻlovchilarni qiynayotgan muammolar boʻyicha savol-javob tariqasida ishtirokchilar bilan muloqot qilinib, aholining murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar boʻyicha masʼul rahbar va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Aviatashuvlar bo‘yicha agentlar, sayyohlik tashkilotlari vakillari jahon tajribasi asosida takomillashtirishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar. Barcha istaklar diqqat bilan o‘rganilib, keyinchalik ishlab chiqish va amalga oshirish uchun olingan.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu sayyor qabul Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda namoyish etildi. Bu o‘z navbatida, uchrashuvni nafaqat mamlakat ichida, balki chet elda ham kuzatib borish imkonini berdi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ushbu xalq bilan uchrashuvlarni har bir viloyatda uyushtirib, yoʻlovchilarni qiynayotgan savollarga yechim topib, ularni taklif-mulohazalarini oʻrganishda davom etadi.

Agar sizda biron bir savol bo‘lsa, bizning pr@uzairways.com elektron pochta yoki +998 (78) 140-45-20 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.    

PDF-ni yuklab oling