So‘nggi paytlarda, afsuski, o‘zlarini “Uzbekistan Airways” AJ vakili sifatida ko‘rsatgan shaxslar tomonidan aviachiptalarni sotish kabi firibgarlik holatlari ko‘payib bormoqda.
Yolg‘onchi fuqarolar arzon narxlarda lekin ko‘pincha qalbaki bo‘lgan aviachiptalarni taklif qilishadi. Bunday holatlar faqat parvozga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida aniqlanadi. Natijada yo‘lovchi parvozdan chetlatiladi.
Bunday holatlarning oldini olish uchun aviakompaniya elektron platformani ishga tushirib, agentlarning akkreditatsiyadan o‘tganligi haqidagi QR kodli Sertifikatlarni joriy etdi. Endi siz aviachipta sotib olishdan oldin mobil telefoningiz yordamida agentni tekshirishingiz va aviakompaniya xizmatlarini haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Ushbu sertifikatni agentlardan so‘rashni unutmang. U ofisda ko‘rinadigan joyda bo‘lishi kerak. Agar u yo‘q bo‘lsa, bizning ishonch telefonimizga qo‘ng’iroq qiling: 78-140-02-00.
Aviachiptani sotib olgandan so‘ng, rasmiy veb-saytimizda uning haqiqiyligiga ishonch hosil qiling: https://www.uzairways.com/ru/check-tiket
Aviachiptalarni faqat aviakompaniyaning rasmiy agentlaridan xarid qiling!