Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Fuqarolik aviatsiyasi faxriylari bilan uchrashuv

2024 29 Fevral
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasida yoshlarning fuqaro aviatsiyasi faxriylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Boshqaruv raisi Shuhrat Xudayqulov o‘z nutqida aviakompaniya faxriylariga ko‘p yillik mehnati va mamlakatimiz aviatsiya sanoatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. U aviakompaniyaning bugungi kundagi faoliyati va kelajak rejalari haqida gapirdi.

Aviakompaniya faxriysi, O‘zbekiston Qahramoni Zarxo‘ja Saidazimov hayotining 42 yilini aviatsiyaga bag‘ishladi. U 1-darajali Boeing-767 samolyotining sardori sifatida o‘z faoliyatini yakunlagan va bugun o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, xotiralarini yosh mutaxassislar bilan o‘rtoqlashmoqda.

Nafaqaga chiqishdan oldin aviakompaniyaning O'quv markazida uchuvchi instruktori bo'lib ishlagan Valeriy Nikolaevich Tsoy aviatsiyadagi yo'li haqida gapirdi. Valeriy Nikolaevich umrining 57 yilini O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasiga bag‘ishladi. U o‘nlab, balki yuzlab uchuvchilarni tayyorladi, ular bugun o‘z tajribalarini keyingi avlodga o‘tkazmoqda.

Shababaev Sayfutdin Sodiqovich aviakompaniyadagi 40 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida Yak-40 havo kemasining ikkinchi uchuvchisidan Il-62 samolyoti sardori darajasiga yetdi.

“Toshkent” aeroportining sobiq direktori Zokirxon Fozilxonovich Ibrohimov, aviatsiya faxriylari Rahmatov Jahongir Muhammadjonovich, Rafael Sobirovich Sharapov, Saloxutdin Sadriddinovich Qurbonov, Mirhabibullo Musaevlar bilan birgalikda O‘zbekistonda aviatsiya rivojlanishi, aviatsiya texnikasining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan o‘tish davrida duch kelgan muammolar bilan o‘rtoqlashdi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mutaxassislari keksa avlod vakillarining aviakompaniya rivoji haqidagi hikoyalarini qiziqish bilan tingladilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Faxriylar, o‘z navbatida, yoshlarga o‘z maslahat va tavsiyalarini berdi.

Uchrashuv so‘ngida faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi va birgalikda fotosessiya tashkil etildi. 

PDF-ni yuklab oling