2015-yil 1-yanvardan boshlab, “chet elliklar va xalqaro himoya to‘g‘risida”gi 6458-sonli Qonunning 7.1 b-moddasiga binoan, Turkiyaga kirishni istagan chet elliklar o‘zlarining vizalari, elektron vizasi, vizasiz rejimi yoki yashash uchun ruxsatnomasidan keyin kamida 60 kun amal qiladigan sayohat hujjatini (pasport) olib yurishlari kerak.
90 kunlik “qolish muddati” bilan Turkiyaga viza bilan kirish uchun chet elliklar kamida 60 kun davomida amal qiladigan pasport/sayohat hujjatiga ega bo‘lishlari kerak, bu mamlakatga kirish vaqtida amal qilish muddati 150 kun (90 kun + 60 kun/5 oy) ni tashkil qiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Turkiya Respublikasiga vizasiz kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet el pasportiga ega bo‘lishlari kerakligini eslatib o‘tamiz, uning amal qilish muddati Turkiya Respublikasiga kirgan kundan boshlab kamida 150 kunni tashkil etadi.
Batafsil ma’lumotni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: