Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Xorijda O‘zbekiston deputatlari saylovida qanday ovoz berish mumkin?

2024 26 Oktabr
Ulashing

Boshqa davlatlarda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida mamlakatimizning 39 ta davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Ushbu havola orqali o‘zingizga eng yaqin saylov uchastkasi haqida ma’lumot olishingiz mumkin. 

Shuningdek, 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida «saylov.mfa.uz» sayti ishga tushirildi. Mazkur sayt O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolariga konsullik hisobida turmasdan ovoz berish uchun saylovchilar ro‘yxatiga kiritishga elektron murojaat qilish imkonini beradi.

PDF-ni yuklab oling