Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Technics’da “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tadbir tashkil etildi

2024 11 Dekabr
Ulashing

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ idoraviy yong‘in nazorati boshlig‘i tomonidan 12 ta maxsus texnika, 51 ta qutqaruvchi shaxsiy tarkibi, shuningdek, 50 dan ortiq UAT xodimlarini jalb qilgan holda kompleks taktik avariya-qutqaruv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar yakunida aviakorxona xodimlari uchun zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikasi namoyish etildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus vazifalar bo'yicha Respublika qutqaruv markazidan o‘zaro harakat qiluvchi kuchlar taklif etildi. 

 

 

O‘quv mashg‘ulotlarining maqsadi – boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining turli vazifalarini bajarish jarayonida yong‘in vaqtida kuch va vositalarni boshqarishda rahbar tarkibning taktik fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat. 

 

PDF-ni yuklab oling