Uzbekistan Airways’ning Malayziyadagi vakillari O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi. Tadbirda Malayziya va Buxoro viloyatining 30 dan ortiq yirik sayyohlik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev tadbir ishtirokchilariga respublikamizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va xorijiy sayyohlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berdi. Respublikamiz sayyohlik kompaniyalari vakillari O‘zbekistonning tarixiy markazlari bo‘yicha turpaketlar, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrining “madaniy turizm”, “ziyorat turizmi”, “Umra+”, “gastronomik turizm”, “ishbilarmonlik turizmi” (MICE) kabi turistik dasturlarini taqdim etdi.