Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Ro‘yxatdan o‘tgan hamda  ro‘yxatdan o‘tmagan bagaj sifatida tashuvga quyidagilar qabul qilinmaydi:

  • aviakompaniya hamda yo‘lovchilar mulkiga, sahndagi yo‘lovchilarga, samolyot va havo kеmasi bortiga  xavf yеtkazishi mumkin bo‘lgan buyum va moddalar;
  • aviakompaniya qoidalari bilan bagaj uchun o‘rnatilgan o‘lcham mе’yorlaridan og‘irligi va o‘lchami jiddiy tarzda oshuvchi buyumlar;
  • biror- bir davlat hudididan, hududiga yoki hududi orqali ushbu davlat qonun va qoidalari bilan tashuvi amalga oshirilishi ta’qiqlangan buyumlar;

asds

Tashuv hujjatlari, tibbiy guvohnomalar, rеntgеn suratlari, nеgativlar, o‘ta qimmat va nozik hamda mo‘rt buyumlar shuningdеk, pul, krеdit kartalari, qimmatli qog‘oz va hujjatlar, qimmatbaho mеtallar, toshlar, dur va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni yo‘lovchi bagajga topshirmasdan, o‘zi bilan olib ketishi shart.

Mazkur buyumlar ro‘yxatdan o‘tgan bagajda qimmatliligi ko‘rsatilishi yoki ko‘rsatilmasligidan qat’iy nazar, tashilsa, aviatashuvchi ushbu buyumlarning butligi uchun javobgar emas.

Qo‘l yukining maksimal gabarit o‘lchamlari 56 Х 45 Х 25 sm dan oshmasligi kerak. Har bir qo‘l yukining uch o‘lcham summasi bo‘yicha maksimal kattaligi 115 sm dan oshmasligi kerak Bu o‘lchovlarda qo‘l yuki sifatida olib ketilayotgan bagajning g‘ildiraklari, dasta va yon cho‘ntaklari hisobga olingan.

Agar qo‘l yuki 1 tadan ortiq sumkadan (joydan) iborat bo‘lsa, bunday qo‘l yuki tashuvga bitta umumiy joy sifatida qabul qilinishi kerak va bunday joylarning umumiy gabaritlari yig‘indisi uch o‘lcham summasi bo‘yicha 115 sm dan oshmasligi kerak.

ass

HURMATLI YO‘LOVCHILAR!

Aviakompaniyamiz qatnovlarida, shuningdek boshqa aviakompaniyalar qatnovlarida parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida litiy batareyalari orqali harakatga keltiriladigan KICHIK SHAXSIY TRANSPORT VOSITALARINI (MONOKOLYOS, SEGVEY, GIROSKUTER, ELEKTROSAMOKAT VA SHUNGA O‘XSHASH BOSHQA TRANSPORT VOSITALARINI) RO‘YXATDAN O‘TKAZILADIGAN BAGAJ VA QO‘L YUKI TARKIBIDA OLIB KETISH TAQIQLANDI.

Bunday cheklovlar Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi xavfsizlik standartlari tomonidan 2015-yilning 16-dekabridan kiritildi, chunki litiyli batareyalarning o‘z-o‘zidan yonib ketishi holatlari qayd etilganligi tufayli ular “Xavfli buyumlar” toifasiga kiritilgan.

Bizning qatnovlarimiz orqali yuqorida ko‘rsatilgan transport vositalarini olib ketmasligingizni so‘raymiz. Bunday vositalar tashuvga qabul qilinmaydi va xavfsizlik xizmatlari tomonidan olib qo‘yiladi.

AGAR AVIATSIYA XAVFSIZLIGI TALABLARINI BAJARISH MAQSADIDA SIZNING BAGAJINGIZ OLIB QO‘YILGAN BO‘LSA, BUNDAY BAGAJNING YO‘QOLGANLIGI UCHUN AVIAKOMPANIYA JAVOBGARLIKKA EGA BO‘LMAYDI

sda

O‘zbekiston Respublikasi havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish apparatlaridan (UUA) foydalanish va ularni O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-noyabrdagi 322-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan ruxsat beriladi.

Batafsil: https://www.uzcaa.uz/uz/drones

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi xavfli buyum va moddalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj sifatida tashuvga qabul qilinmaydi:

  • o‘q-otar qurol, to‘pponcha va jangovor vositalar – tan jarohati yetkazuvchi yoki o‘q otishga mo‘ljallangan har qanday buyum;
  • sanchiladigan/keskir qurol va uchi o‘tkir buyumlar – tan jarohati yetkazuvchi har qanday sanchiladigan va keskir buyum;
  • uchi o‘tmas buyumlar – tan jarohati yetkazuvchi har qanday o‘tmas buyum;
  • tez yonuvchi va portlovchi moddalar – aviakompaniya mulki, aviatsiya va parvozlar xavfsizligi, yo‘lovchi va ekipaj a’zolari salomatligiga xavf tug‘diruvchi har qanday tez yonuvchi va portlovchi moddalar;
  • kimyoviy va zaharli moddalar – aviakompaniya mulki, aviatsiya va parvozlar xavfsizligi, yo‘lovchi va ekipaj a’zolari salomatligiga xavf tug‘diruvchi har qanday kimyoviy va zaharli moddalar;

Suyuqlik va boshqa buyumlarni qo‘l yukida tashish qoidalari

Quyida keltirilgan buyumlar ro‘yxati to‘liq bayon etilmagan va xavfsizlik qoidalariga amal qilish maqsadida yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuklari va ro‘yxatdan o‘tgan bagajlarni tekshiruvchi va nazoratdan o‘tkazuvchi xodimlar tomonidan ko‘rsatma sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Politsiya tayoqlarining har xil turlari (qattiq va egiluvchan), shu jumladan, qisqa va tungi (yoritgichli)  hamda bagaj va qo‘l yuki sifatida cheklangan holatda tashish uchun qabul qilinadigan buyumlar.

O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan reyslarni amalga oshirishda qo‘l yukida tashiladigan suyuqliklar 100 ml hajmdan oshmasligi kerak. 100 ml dan ortiq konteynerlardagi suyuqliklar, hatto idish qisman to‘ldirilgan holatda bo‘lsa ham, tashish uchun qabul qilinmaydi. Idishni aeroportda taqdim etiladigan hajmi 1 litrdan oshmaydigan shaffof, yopiladigan plastik xaltacha ichiga joylashtirish kerak. Har bir yo‘lovchida faqat 1(bir) dona shaffof 1 litr hajmli   plastik xaltacha bo‘lishi mumkin. Istisno tariqasida, aeroportdagi boj olinmaydigan do‘konlarda yoki havo kemasi sahnida xarid qilingan suyuqliklar uchun ruxsat beriladi, binobarin, bunday suyuqlik ishonchli muhrlangan plastik xaltachaga joylashtirilgan va ushbu qadoqlangan idishda parvoz kuni (kunlari) yo‘lovchilar va transfer yo‘lovchilar tomonidan aeroportdagi boj olinmaydigan do‘konlarda yoki havo kemasi bortida ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida ishonchli tasdiq mavjud bo‘lishi kerak.

Parvoz vaqtida yo‘lovchilar uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar, bolalar sutlari/ozuqalari hamda parhez yoki tibbiy mahsulotlar bundan mustasno. Aviatsiya xavfsizligi xizmati talabiga muvofiq, bunday buyumlarni tashish uchun yo‘lovchi ularning sog‘lig‘i uchun hayotiy zarurligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishi shart. Belgilangan dori qog‘ozida/retseptida yo‘lovchining familiyasi ko‘rsatilishi va u uning bortga chiqish talonidagi familiyasiga mos kelishi kerak. Agar dori retsept bo‘yicha sotib olingan dori-darmonlardan bo‘lmasa, u holda parvoz vaqtida foydalanish uchun zarur bo‘lgan miqdorini aniqlash talab etiladi va shu miqdorini tashish uchun ruxsat beriladi.  
 

Izoh:
Quyida keltirilgan buyumlar ro‘yxati to‘liq emas hamda xavfsizlik qoidalariga amal qilish maqsadida yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki va ro‘yxatdan o‘tgan bagajini tekshiruvchi va nazoratdan o‘tkazuvchi xodimlar tomonidan yo‘llanma sifatida qo‘llanish uchun mo‘ljallangan.