Homiladorlik davrida parvoz etish
HOMILADORLIK DAVRIDAGI PARVOZLAR
Aviakompaniyamiz reyslarida homilador ayollar uchun homiladorlik davrida parvoz etishlariga qarshi tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmagan hamda homiladorlik asoratlarsiz kechayotgan hollarda, quyidagi muddatlar va shartlarga muvofiq parvoz etishlariga ruxsat beriladi:
Bitta farzand kutilganda | Bittadan ortiq farzand kutilganda | |
1–31 hafta | Parvozga ruxsat beriladi | Parvozga ruxsat beriladi |
32-35 hafta | Parvozga ruxsat beriladi | Parvozga ruxsat berilmaydi |
35 haftadan ortiq | Parvozga ruxsat berilmaydi | Parvozga ruxsat berilmaydi |
Reysga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida bo‘lajak ona homiladorlik muddati hamda bir homilali yoki ko‘p homilali homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy hujjatni taqdim etishi kerak.
Homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq bo‘lgan bo‘lajak onalar ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasida aviakompaniya agenti yoki vakiliga shifokor tomonidan imzolangan, parvozga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligini tasdiqlovchi haqiqiy tibbiy hujjatni (ma’lumotnoma, tibbiy daftarcha, skrining yoki ko‘rik natijalari, XG va ultratovush tekshiruvi bo‘yicha akusher-ginekolog xulosasi va boshqalarni) taqdim etishlari zarur.
Ushbu tibbiy hujjat aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalishning birinchi uchastkasida parvoz etish sanasidan kamida 7 kun oldin rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Tashish yo‘nalishining qaytish yoki keyingi uchastkalarida taqdim etiladigan bunday hujjatning umumiy amal qilish muddati - rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 30 kundan oshmasligi kerak.
Jadvalda ko‘rsatilgan parvozga ruxsat berish muddatlari oshib ketgan holatlarda, homilador ayollargaAJ reyslariga, hatto homiladorlikningnormal kechishi vaasoratlarning mavjud emasligini tasdiqlovchi haqiqiy tibbiyhujjatlari bo‘lganda ham ruxsat berilmaydi.
Bo‘lajak onalarga sayohat davomida o‘zlarini xavfsiz va qulay his etishlariga yordam beradigan bir nechta foydali tavsiyalar:
- Homiladorlik davrida havo kemasida sayohat qilish uchun eng maqbul davr — ikkinchi trimestr, ya’ni 13–28 haftalik muddat hisoblanadi. Agar parvoz homiladorlikning keyingi bosqichlarida rejalashtirilgan bo‘lsa, boradigan joyingizda tibbiy yordam uchun qayerga murojaat qilishingiz mumkinligini oldindan aniqlab oling. Shuningdek, ayrim xorijiy safarlar uchun turistik tibbiy sug‘urta rasmiylashtirish mumkin.
- Parvozdan avval shifokoringizga murojaat qilib, parvoz vaqtida amal qilinadigan tavsiyalarni oling. Yo‘lovchining jismoniy holati uning xavfsizligiga tahdid solsa, ekipaj a’zolarining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilsa yoki parvoz davomida yo‘lovchining o‘zi va atrofdagilar uchun bartaraf etib bo‘lmaydigan noqulayliklar yoki xavf tug‘dirsa, aviakompaniya bunday yo‘lovchini tashishga qabul qilishni rad etishi mumkinligini unutmang.
- O‘rningizdan turishingizni osonlashtirishuchun yo‘lak yonidagi o‘rinlarni tanlang. Oyoqlar shishishining oldini olish uchun, ayniqsa uzoq masofali parvozlar vaqtida, muntazam ravishda turishingiz va yurishingiz mumkin.
Uzoq masofali parvozlar vaqtida oyoqlaringizga qulay bo‘lishi uchun kengroq joylarni tanlang yoki biznes-klass salonidan joy xarid qilishingiz mumkin. Qo‘shimcha joy oyoqlaringiz holatini parvoz davomida erkin o‘zgartirishingiz uchun imkon beradi.
- Imkon qadar Sizga hamroh bo‘la oladigan shaxslar bilan sayohat qiling.
- Parvoz davomida ko‘p miqdorda suv iching va suvsizlanishga olib keladigan ichimliklardan (choy, qahva va boshqalardan) voz keching.
- O‘zingiz bilan barcha zarur tibbiy hujjatlarni olishni unutmang. Agar Siz chet elga sayohat qilayotgan bo‘lsangiz, ushbu hujjatlarni ingliz tiliga yoki boriladigan mamlakatda tushunarli bo‘lgan boshqa tilga tarjima qilingan nusxalarini tayyorlab oling.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tashishga qabul qilish.
Sog‘lom tug‘ilgan chaqaloqlar kamida 7 kunligida tashishga qabul qilinadi. 7 kunga to‘lmagan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, shuningdek, sun’iy nafas oldirish uchun inkubator/bokslarda tashilayotgan bolalar AJ reyslarida tashishga qabul qilinmaydi.