Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Toshkent shahridagi aeroportdan uchayotgan yo‘lovchilar diqqatiga

2024 3 May
515
Ulashing

     Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni xalqaro aviaqatnovlar uchun uchish vaqtidan 1 soat oldin, mahaliy aviaqatnovlar uchun – uchish vaqtidan 30 daqiqa oldin tugaydi!

Yo‘lovchilarning aviaqatnovlarga kechikib qolish holatlari ko‘payib borayotgani tufayli, aviachiptani xarid qilganda yo‘lovchi tashuv Shartnomasini tuzishini eslatib o‘tamiz. Unga ko‘ra aviakompaniya yo‘lovchi va yukni belgilangan yo‘nalish bo‘yicha tashish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Yo‘lovchi esa, o‘z navbatida, xavfsiz parvoz uchun zarur bo‘lgan qoidalarga rioya qilish majburiyatini oladi. Ulardan biri ro‘yxatdan o‘tishdir. 

Parvozdan oldingi amaliyotlarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha vaqtni hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan aeroportga vaqtliroq yetib kelishlarini so‘raymiz. Aviatashuvlar Shartnomasining asosiy shartlari aviakompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan ommaviy ofertada keltirilgan. 

PDF-ni yuklab oling