We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Ertaga foydali takliflar kuni – “Yorqin payshanba”

Share on social media

Faqatgina ertaga, 27-iyun kuni “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida e’lon qilingan jadval tugaguniga qadar quyidagi aviaqatnovlarning tariflariga 20% chegirma e’lon qilamiz: 

 

  • Toshkentdan Tel-Aviv, Xabarovsk va ortga;  
  • Buxorodan Moskvaga va ortga;  
  • Nukusdan Istanbulga va ortga;  
  • Samarqanddan Nijniy Novgorodga va ortga;  
  • Farg‘onadan Krasnoyarskka va ortga.

 

Aksiya faqat bir kun, 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Aviachiptalarni www.uzairways.com sayti, mobil ilova, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishga shoshiling.

 

Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 20% lik chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.

 

Aksiyasining batafsil shartlari:

 

  1. Aksiya muddati 2024-yil 27-iyun soat 00:00 dan 23:59 gacha;
  2. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 20%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 27.06.2024da qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkentdan Tel-Aviv, Xabarovsk va ortga, Buxorodan Moskvaga va ortga, Nukusdan Istanbulga va ortga, Samarqanddan Nijniy Novgorodga va ortga, Farg‘onadan Krasnoyarskka va ortga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar uchun taqdim etiladi. CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) ostida e’lon qilingan tariflar uchun amal qilmaydi.

 

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.

Yo‘nalishlar tarmog‘i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarini hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimi bo‘yicha ham parvozlarni amalga oshiradi.

Uzbekistan Airways tarkibiga “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ kabi kompaniyalar ham kiradi.

Download PDF