Uzbekistan Airways joriy yilning 30-yanvaridan boshlab Toshkent – Sochi –Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar tiklanishini ma’lum qiladi. Parvozlar haftasiga bir marotaba – yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bir tomonga 1 883 446 so‘mdan (bagajsiz) va 2 067 881 so‘mdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish boʻyicha aviachiptalar 3 573 113 so‘mdan (bagajsiz) va 3 941 982 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3% chegirma taqdim etiladi.
Narxlar 24.01.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.