We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Namangandan Permga ilk parvoz amalga oshirildi

Share on social media

2022-yil 30-yanvar kuni «Uzbekistan Airways» Aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Sharqiy» xab loyihasi doirasida ilk Namangan – Perm yoʻnalishi boʻyicha parvoz amalga oshirildi. Ilk reys «to‘liq iqtisodiy klass»ga o‘tkazilgan Airbus A320 havo kemasida 174 nafar yo’lovchini Rossiyaning Perm xalqaro aeroportiga eltib qo’ydi. Va bu koʻrsatkich Fargʻona vodiysidan Rossiya Federatsiyasi shaharlariga boʻlgan talab yuqori ekanligini yaqqol misoli.

Uzbekistan Airways tomonidan «Sharqiy» xab tashkil etilishining asosiy maqsadi – Fargʻona vodiysidan talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha parvoz qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. Loyihaga koʻra, aviakompaniya mintaqadan Rossiya Federatsiyasi va Fargʻona vodiysi aholisi orasida mashhur boʻlgan uzoq xorij shaharlariga yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish maqsadida Namangan va Fargʻona shaharlarining xalqaro aeroportlaridan foydalanadi.

Yangi «Sharqiy» xab tashabbusi doirasida Namangan xalqaro aeroportida OAV vakillari va blogerlar uchun loyihaning taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Taqdimot doirasida aviakompaniya vakillari loyihaning ko’lami, parvozlar xaritasi va reyslar narxi bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirdilar. Navbatdagi reyslar Rossiyaning Moskva, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar, Yekaterinburg va Ufa shaharlariga rejalashtirilgan.

Shuni ham ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda Fargʻona shahar xalqaro aeroportidan Moskva, Qozon va Istanbulga aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, va bu «Sharqiy» xab tashkil etilishining birinchi bosqichi boʻlib xizmat qildi. «Sharqiy» xabni rivojlantirishning ikkinchi bosqichi yakunlangach aviakompaniya Fargʻona shahridan parvozlar sonini koʻpaytirish, shuningdek Fargʻona xalqaro aeroportidan yoʻnalish tarmogʻini kengaytirishga oʻtadi.

 

Download PDF