Rostov viloyatidagi havo maydoni yoʻlovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, 2022-yil 24-fevral kuni Namangan – Krasnodar yoʻnalishi boʻyicha HY-9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda.
Bekor qilingan parvoz yoʻlovchilari aviachiptani bepul bronlash yoki toʻliq qiymatini qaytarib olish huquqiga egadirlar.
“Uzbekistan Airways” AJ yoʻlovchilarni jadvaldagi har qanday oʻzgarishlar haqida qoʻshimcha ravishda xabardor qilad